Manba: Mbappe PSJda qolmaydi. U o‘ziga boshqa jamoa tanladi
Frantsiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe iyun oyida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 25 yoshli forvard “Real”ga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan. Tomonlar dastlabki kelishuvni yanvar oyining o‘zidayoq imzolashi mumkin.
Aslida madridliklar frantsiyalik forvardni ancha oldin qo‘lga kiritmoqchi edi. Biroq bosim kuchayib ketgach, Mbappe Parijda qolish variantini tanladi.
PSJ futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilyapti. Lekin Mbappe bir necha oydan beri yangi shartnoma bo‘yicha taklifni qabul qilgani yo‘q.
Kilianga ayni paytda Angliya Premer-ligasining bir necha klublari va Saudiya Arabistoni vakillari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar