
Manba: "Real" Mbappeni sotib olish fikridan qaytmagan
Madridning "Real" klubi PSJ futbolchisi Kilian Mbappeni sotib olish fikridan qaytmagan, deb xabar berdi "Marca" nashri.
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi parijliklar bilan uch yil emas, balki 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolagan. Mbappening o‘zi 2023/2024 yilgi mavsum oxirida PSJda qolish yoki ketish haqida qaror qabul qiladi. "Real" Madrid esa bundan unumli foydalanib qolishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Mbappening "qirollik klubi"ga o‘tishi amalga oshishga yaqin turgan edi. Biroq Kilian so‘nggi lahzada PSJ bilan yangi shartnoma imzoladi. Uning shartlariga ko‘ra, 23 yoshli hujumchi uch mavsumda 600 million evro ishlab olishi mumkin.
Fikrlar