
Manba: "Real" Varan borasida bir qarorga keldi
"Real" himoyachi Rafael Varan bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda ispaniyaning "AS" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, agar tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, "qirollik klubi" uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. Sababi, yarim yildan keyin uni tekinga berib yuborishni xohlamaydi.
Frantsiyalik futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Uning xizmatiga "Yuventus", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar