
Manba: UEFAning “eng yaxshi futbolchisi” sovrinini kim qo‘lga kiritishi ma’lum
Payshanba kuni Istanbulda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida UEFA o‘tgan mavsum evrokuboklarda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bir qancha futbolchilarni bir qator individual mukofotlar bilan taqdirlaydi.
AS nashri xabariga ko‘ra, eng yaxshi o‘yinchi uchun sovrin "Real" Madrid hujumchisi Karim Benzemaga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, yakuniy nomzodlar ro‘yxatda Karim Benzemadan tashqari Tibo Kurtua va Kevin de Bryuyne ham bor.
"Real" Madrid 2021/2022 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Karim Benzema turnirda 12 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 15 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Qo‘shimcha qilamizki, Karim Benzema "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar sanaladi.
Fikrlar