
Manchester klubi hujumchi transferi uchun bir nechta futbolchisidan voz kechishi kerak
"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshkoga bo‘lgan qiziqishni qayta tikladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, sloveniyalik futbolchining "Arsenal"ga transferi deyarli bekor bo‘lganligi sababli, klubda Sheshko nomzodi yana muhokamaga qo‘yilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati klub bir nechta o‘yinchilarning transferidan qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan mablag‘ga bog‘liq bo‘ladi.
"RB Leyptsig" hujumchi uchun 70-80 million funt sterling talab qilmoqda. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, bu summa avgust oyiga yaqinlashganda pasayishi mumkin.
MYu hamon Jeydon Sancho va Antonini sotishni rejalashtirmoqda. Biroq, Romanoning aytishicha, Alexandro Garnachoning ketishi Sheshko atrofidagi vaziyatni tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlar