Manchester klublari La Liganing zo‘r himoyachisi uchun kurashadi
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Barselona", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari da’vogarlik qilayotganini xabar qilmoqda.
"Vilyarreal" safida 2019/20 mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bergan Torresning transfer summasi 65 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar