
"Manchester Siti" — APL chempionligi uchun asosiy favorit, "Arsenal" esa...
Superkompyuter "Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etganidan keyin APL chempionligi uchun yaqqol favorit sifatida ko‘rmoqda.
Sakkiz turdan so‘ng 20 ochko jamg‘argan “shaharliklar” hamshaharini 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa-da, Londonning “Arsenal” jamoasidan bir ochko kam to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Kanonirlar"ning ishonchli startiga qaramay, "Squawka" statistik nashri Xosep Gvardiola jamoasini to‘xtatish nihoyatda qiyin bo‘lishiga ishonch bildirmoqda: "Manchester Siti"ning chempionlik uchun imkoniyat juda katta baholanmoqda - 83%, "Arsenal"da esa atigi 9%. Da’vogarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni "Liverpul" turibdi - 6%.
Fikrlar