"Manchester Siti" — "Real Madrid" uchrashuvi uchun tahminiy tarkiblar bilan tanishing
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur bosqichning markaziy bahsi "Real Madrid" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasida kechadi.
Madridliklar o‘yinga bir qator yetakchi futbolchilarsiz tashrif buyurmoqda. Jumladan, Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Alvaro Karreras va yana bir nechta futbolchi manchesterliklarga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
"Shaharliklar" safida esa yo‘qotishlar kamroq. Faqat Yoshko Gvardiol jarohat sabab bugungi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Bir nechta nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, jamoalarning taxminiy asosiy tarkiblari quyidagicha.
Opta nashri talqiniga ko‘ra:
"Real Madrid":Tibo Kurtua, Trent Aleksander-Arnold, Raul Asensio, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi, Federico Valverde, Arda Gyuler, Orelien Tchuameni, Tiago Pitarch, Vinisius Juniyor, Gonsalo Garsiya.
"Manchester Siti": Janluiji Donnarumma, Mateus Nunes, Mark Gexi, Ruben Diash, Rayan Ayt-Nuri, Bernardu Silva, Rodri, Rayan Sherki, Omar Marmush, Jeremi Doku, Erling Holand.
Football Today nashri talqiniga ko‘ra:
"Real Madrid": Tibo Kurtua, Ferlan Mendi, Raul Asensio, Antonio Ryudiger, Trent Aleksander-Arnold, Eduardo Kamavinga, Orelien Tchuameni, Federico Valverde, Arda Gyuler, Vinisius Juniyor, Braim Dias.
"Manchester Siti": Janluiji Donnarumma, Rayan Ayt-Nuri, Mark Gexi, Ruben Diash, Mateus Nunes, Niko O’Rayli, Rodri, Antuan Semenyo, Bernardu Silva, Rayan Sherki, Erling Holand.
Shuningdek, "shaharliklar" faoliyatini yoritib boradigan City Xtra ham o‘z versiyasini taqdim etdi. Taxminlarga ko‘ra, Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi bahsni zahiradan boshlaydi.
"Manchester Siti" (City Xtra talqini): Janluiji Donnarumma, Rayan Ayt-Nuri, Mark Gexi, Ruben Diash, Mateus Nunes, Niko O’Rayli, Rodri, Antuan Semenyo, Bernardu Silva, Rayan Sherki, Erling Holand.
Ma’lumot uchun, bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar