“Manchester Siti” — “Vulverxempton” uchrashuvi uchun jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing
APLning 23-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Vulverxempton” jamoasini qabul qiladi. “Shaharliklar” uchun 2026 yil hozircha omadsiz kechmoqda. Jamoa joriy yilda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, faqatgina 2 ta bahsda g‘alaba qozondi.
Shuningdek, bir qator muhim futbolchilar jarohat sabab maydonga tusha olmadi. Shu bois klub rahbariyati qishki transferlar oynasida “Kristal Pэlas” jamoasidan himoyachi Mark Geini o‘z safiga qo‘shib oldi. Ushbu o‘yinda Geining “Siti” safidagi debuti kutilmoqda.
Bir qator nufuzli nashrlar “shaharliklar”ning “bo‘rilar”ga qarshi taxminiy tarkibini e’lon qildi.
CityXtra talqinida:
“Manchester Siti” — Donnarumma; Lyuis, Husanov, Gehi, O’Rayli; Rodri, Bernardu (C), Cherki; Semenyo, Xoland, Doku.
Sport Mole talqinida:
“Manchester Siti” — Donnarumma; Nunyes, Husanov, Gehi, O’Rayli; Rodri, Bernardu; Semenyo, Foden, Doku; Xoland.
“Vulverxempton” taxminiy tarkibi:
Sa; Moskera, S. Bueno, Kreychi; Tchatchua, Andre, Mane, J. Gomesh, H. Bueno; Xvan, Strand Larsen.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar