"Manchester Siti" 14 oʻyindan buyon "Chelsi"ga magʻlub boʻlmayapti
"Manchester Siti" "Chelsi"ga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta o‘yinga yetkazdi va 2025/2026 yildgi Angliya Kubogi finalida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoalar Londondagi "Uembli" stadionida kuch sinashdi.
Jamoalar o‘rtasidagi so‘ngi rasmiy 14 ta o‘yinda ikkita durang va "shaharliklar"ning 12 ta g‘alabasi qayd etilgan. "Ko‘klar" Xosep Gvardiola shogirdlarini oxirgi marta 2020/2021-yildgi mavsumda UEFA Chempionlar ligasi finalida 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
Gvardiola boshchiligida “Manchester Siti “ Angliya kubogini uchinchi marotaba qo‘lga kiritdi. Ispaniyalik mutaxassisning jamoa boshqaruvidagi 10 yil davomida qo‘lga kiritgan jami sovrinlari soni 20 taga yetdi.
Azizjon Abduvaliev

Fikrlar