“Manchester Siti“ “Atletiko“ning 17 yoshli futbolchisini sotib olmoqchi
“Manchester Siti“ “Atletiko Mineyro“ futbolchisi Savino uchun kurashda etakchilik qilmoqda. “Shaharliklar“ 17 yoshli iste’dod sohibi uchun taklif yuborishga ham ulgurdi.
Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ingliz klubi o‘yinchi uchun “Atletiko Mineyro“ga 6,5 million evro va turli bonuslarni taklif qilgan. Brazil jamoasi bu borada hali bir to‘xtamga kelmagani aytilmoqda.
“Manchester Siti“ futbolchini qo‘lga kiritsa, uni PSVga ijaraga berib yubormoqchi. Braziliyalik Savinoga “Arsenal“, “Leyptsig“ va “Zaltsburg“ klublari ham qiziqish bildirmoqda.
“Transfermarkt“ portalida charm to‘p ustasining bahosi 5 million evro etib belgilangan.

Fikrlar