“Manchester Siti” “Bavariya” etakchisini nishonga olgan

  • 7 avgust, 2022, 14:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" futbolchisi Leroy Sane yana Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin.

“The Mirror” nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli viner "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushgan. “Qizil iblislar” allaqachon nemis klubi bilan bog‘lanib, Leroyning transferi borasida ma’lumot so‘ragan.

Sane 2016 yildan 2020 yilgacha "Manchester Siti"da o‘ynagan. “Shaharliklar” tarkibida ikki marta Premer liga chempioni bo‘lgan.

Hujumchi o‘tgan mavsumda Bundesliga doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!