Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti" "Bavariya" futbolchisiga qiziqib qoldi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Pavlovich "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi

"Bavariya" safida harakat qilib kelayotgan Aleksandr Pavlovichning xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. 

"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "shaharliklar" 21 yoshli futbolchi transferi uchun taklif tayyorlamoqda. "Siti" germaniyalik futbolchini Rodrining uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Pavlovich "Bavariya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Aleksandrning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Pavlovich joriy mavsum Kompani qo‘l ostida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q