
"Manchester Siti" "Bavariya" yoki "Ayaks" himoyachisidan birini sotib oladi
"Manchester Siti" rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilgunicha yangi chap qanot himoyachisi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” bu borada "Bavariya" himoyachisi David Alaba va "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Talyafikoning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.
Alabaning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda tugaydi va uning transfer narxi 65 million evroga teng.
Fikrlar