
“Manchester Siti” bu ishni 86 yildan beri uddalay olmayapti
Angliya Premer-ligasining 13-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi.
Turning markaziy uchrashuvi oldidan statistika mutaxassis qiziq faktni o‘rtaga tashladi. Unga ko‘ra, “shaharliklar” 86 yildan beri “Liverpul”ni ketma-ket ikki marotaba mag‘lubiyatga uchrata olmagan egan.
Liverpulliklar ketma-ket ikki marta yutqazgan o‘yin 1937 yilda qayd etilgan. Tarixni yangilash uchun Xosep Gvardiola shogirdlari bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonish kerak.
Ikki jamoaning avvalgi o‘yinida “Manchester Siti” futbolchilari Yurgen Klopp jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
“Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar