“Manchester Siti” Donnarummaga raqobatchini Italiyanning o‘zidan oladi

  • 23.06.2026 13:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” klubining iqtidorli darvozaboni Alessandro Longoni faoliyatini Angliya Premier-ligasining “Manchester Siti” jamoasida davom ettiradigan bo‘lyapti.

18 yoshli futbolchi Angliya grandi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqida insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Istiqbolli golkiper hech qanday kutilmagan holat ro‘y bermasa, “shaharliklar” safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

Alessandro Longoni “rossonerilar” bilan 30 iyunda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

U “Milan”da yoshlar jamoasi va asosiy jamoaning zahira tarkibida o‘ynagan, ammo  birinchi jamoa uchun hali debut qilishga ulgurmagan.

“Manchester Siti”da asosiy darvozabon rolini italyalik Janluiji Donnarumma bajarmoqda. Uning o‘rinbosari Jeyms Trafford muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida yozda klubni tark etishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!