“Manchester Siti” egalari oʻziga yangi klubni sotib oladi
«Manchester Siti» egalari Kolumbiyaning «Milyonarios» klubini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Kolumbiyaning El Futbolero nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Milyonarios»ning hozirgi egalariga City Football Group kompaniyasidan 90 million yevro (77,5 million funt) miqdorida taklif kelib tushgan.
«Manchester Siti» egalari «Milyonarios» infratuzilmasi, akademiyasi va mahalliy bozordagi iqtidorli futbolchilarni jalb qilishga jiddiy mablag‘ sarflashga tayyor.
«Milyonarios» Bogota shahrida joylashgan bo‘lib, «Atletiko Nasyonal»dan keyin Kolumbiyaning eng sovrindor klublaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda City Football Group tarkibida «Manchester Siti»ni ham hisoblaganda, dunyo bo‘ylab 12 ta klub bor.

Fikrlar