
"Manchester Siti" egasi Frantsiya jamoasini sotib olmoqchi
"Manchester Siti" klubi xo‘jayini hisoblangan City Football Group kompaniyasi Frantsiyaning "Nansi" klubini ham sotib olmoqchi.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kelishuv yakunlanish arafasida. Ta’kidlash kerakki, klub sotilgan taqdirda ham “Nansi” prezidenti Jak Russelo yaqin ikki yil ichida o‘z lavozimida qoladi.
Ma’lumot uchun, "Nansi" ayni damda Frantsiyada nufuzi jihatidan 2-o‘rinda turuvchi Liga 2 da 27 ta turdan so‘ng 14-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, City Football Group kompaniyasi ayni damda "Manchester Siti", "Nyu-York Siti" va "Melburn Siti" klublari xo‘jayini hisoblanadi.
Fikrlar