"Manchester Siti" yetakchilaridan biri PSJga ko'chib o'tishi mumkin

  • 20.02.2026 20:08
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Siti" klubi forvardi Erling Holand faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"TeamTalk" nashri bergan xabarlarga koʻra, "shaharliklar" hujumchisi Erling Holandning xizmatlariga Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi PSJ jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq norvegiyalik straykerning Manchester klubini tark etish niyati yoʻq. Futbolchi uchun asosiy daʼvogarlar roʻyxatida "Real Madrid" va "Barselona" klublari yetakchilik qilmoqda. Holandning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli "Transfermarkt" portali hujumchini 200 million yevroga baholagan.

Maʼlumot uchun, Erling joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta gol va 6ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!