"Manchester Siti" futbolchisi APLning boshqa klubiga ko'chib o'tishi mumkin

  • 19.01.2026 14:53
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini "Vest Xem" klubida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "shaharliklar" yarim himoyachisi Mateo Kovachichning xizmatlariga Angliyaning "Vest Xem" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, "bolg‘achilar" jamoa yetakchisi Lukas Paketaning jamoani tark etishi kutilayotgani sabab xorvatiyalik futbolchini unga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mateoning "Transfermarkt"dagi narxi 15 million evroni tashkil etadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!