"Manchester Siti" futbolchisi EChL chorak finalida Ronalduga qarshi o‘ynamoqchi

  • 14 mart, 2019, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar ligasi chorak finalida qaysi jamoa bilan o‘ynashni xohlashini aytdi.

“To‘g‘risini aytsam, Krishtianu Ronaldu bilan to‘qnash kelishni judaya xohlardim. Men uni bilaman, nimalarga qodir ekanligini ham bilaman. U “Atletiko”ga qarshi o‘yinda buni isbotladi.

Bunday musobaqalarda bunday futbolchilar va bunday jamoalarga qarshi o‘ynash yaxshi. Bu siz eng zo‘r turnirda o‘ynayotganingizdan dalolat beradi. Lekin, Krishtianuga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak final bosqichiga ertaga, 15 mart kuni qur’a tashlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!