"Manchester Siti" futbolchisi klubdagi kelajagi borasida qaror qabul qildi
"Manchester Siti" forvardi Omar Marmush jamoada qolishni istamoqda.
Manbaga koʻra, Marmush yaqin kelajakda "shaharliklar"ni tark etishni rejalashtirmayapti. 26 yoshli futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmayapti. Shunga qaramay qishki transferlar bozorida hech qaerga koʻchib oʻtmoqchi emas. Misrlik hujumchi manchesterliklarda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishni afzal koʻrmoqda. Marmush xizmatlariga koʻplab grand klublar qiziqish bildirmoqda. Asosiy daʼvogar sifatida Londonning "Tottenxem" klubi koʻrsatilmoqda.
Maʼlumot uchun, Omar joriy mavsumda umumiy 19ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar