"Manchester Siti" futbolchisi kutilmaganda jamoadan ketishi mumkin
Niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders joriy mavsum yakunlangandan keyin "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi endi klubda daxlsiz o‘yinchilar qatoriga kirmaydi va yozda uning ketishi ehtimoli bor.
Futbolchiga Italiya ning uch grandi — "Milan", "Napoli" va "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Reynders A Seriya klublaridan biriga ijara asosida ko‘chib o‘tishi ham istisno qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Reyndersni 2025 yil yozida 55 million yevro evaziga sotib olgan edi.
U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar