"Manchester Siti" futbolchisini "Barselona"ga tekinga beradi

  • 27 aprel, 2021, 22:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda jurnalist Nikol Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona"ga o‘tishga rozilik bildirgan. U kataloniyaliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin vaqtlar ichida bu haqda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

"Shaharliklar" ushbu transferdan hech qanday pul ishlab ololmaydi. Chunki Garsiya “Barsa”ga erkin agent sifatida yo‘l oladi.

Erik Garsiya joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uning narxini 20 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!