
“Manchester Siti” Gvardiolaning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
“Manchester Siti” rahbariyati jamoani bir necha yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning ketishiga tayyorlana boshladi.
Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” kelasi yili shartnomasi tugaydigan ispaniyalik mutaxassisni yangi bitimga ko‘ndirishiga ishonmayapti.
Aslida Gvardiola bosh murabbiy sifatida bir jamoada uzoq ishlamas edi. Avvalgi jamoalaridan “Barselona”ni to‘rt yil va “Bavariya”ni uch yil boshqargan.
Pep Manchesterga 2016 yili kelgan va hamon jamoa boshqaruvini o‘zida ushlab turibdi. Uning qo‘l ostida “Manchester Siti” juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, “shaharliklar” o‘tgan mavsum o‘z tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasida zafar quchdi.
Fikrlar