
“Manchester Siti” himoyachisi eng xavfli hujumchi kim ekanini aytdi
“Manchester Siti” o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker hozirda eng xavfli vinger kimligini aytdi.
34 yoshli futbolchi Lamin Yamal, Kilian Mbappe va Vinisius Junior orasida top-3lik tuzdi. Birinchi o‘ringa Uoker Frantsiya terma jamoasi sardori Mbappeni qo‘ydi, undan keyin esa Kilianning “Real”dagi jamoadoshi Vinisiusni tanladi. Angliya terma jamoasi futbolchisi uchinchi o‘rinni “Barselona”ning 17 yoshli vunderkindiga berdi.
“Shaharliklar” APLning birinchi turida “Chelsi" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uoker zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.
Fikrlar