“Manchester Siti" himoyachisi finalda o‘ynamaydi

  • 05.02.2026 17:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Mark Gexi Angliya Liga kubogi finalida o‘ynay olmadi.

"Shaharliklar" musobaqaning yarim final javob o‘yinida "Nyukasl"ni mag‘lub etib (3:1, birinchi o‘yin - 2:0), finalga yo‘l oldi va u yerda "Arsenal" bilan o‘ynaydi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, futbolchi o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun "qishki transfer oynasi yopilguncha qadar yoki yarim finalning birinchi o‘yiniga qadar (qaysi o‘yin ertaroq bo‘lishiga qarab)" klubga o‘tishi kerak. Gexi 19 yanvar kuni "Man Siti"ga o‘tdi, "Nyukasl" bilan birinchi o‘yin 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Kechagi o‘yindan so‘ng "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Gexi finalda o‘ynay olmasligidan noroziligini bildirdi: "Futbolchini katta pulga sotib olasan, u esa men tushunmaydigan qoida tufayli o‘ynay olmaydi."

Jurnalist Martin Tsiglerning yozishicha, Angliya futbol ligasi (EFL) "Man Siti"ga qarshi bormaydi va reglamentni o‘zgartirmaydi. Qoidalar joriy mavsum boshlanishidan oldin ham yumshatilgan bo‘lib, agar o‘yinchilar yarim finalning birinchi o‘yiniga o‘tsa, Liga kubogida bir nechta klublar uchun o‘ynashga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, 9 yanvar kuni "Bornmut"dan "Man Siti"ga o‘tgan Antuan Semenyo "Arsenal"ga qarshi o‘ynashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!