“Manchester Siti” himoyachisini sotishdan bosh tortdi
“Manchester Siti” klubi rahbariyati Evropaning qudratli klublari – “Real”, “Barselona” va “Chelsi”ning himoyachi Ruben Diash bo‘yicha yo‘llagan murojaatlarini rad etdi.
Bu haqida TEAMtalk xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik himoyachini “umuman sotilmaydigan futbolchi”, deb hisoblamoqda va uni Enco Mareska boshchiligidagi yangi loyihaning asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq Londonning “Arsenal” klubi ham Diashga qiziqish bildirgan edi.
29 yoshli himoyachi 2020 yil sentyabridan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevro deb baholagan.

Fikrlar