"Manchester Siti" himoyachisining uyi Chempionlar ligasi o‘yini vaqtida talon-taroj qilindi
"Manchester Siti" hamda Portugaliya milliy terma jamoasi himoyachisi Ruben Diashning uyi o‘g‘irlangan. Bu haqida BBC nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar Cheshire grafligida joylashgan uyga chorshanba kuni kechqurun kirib borishgan. O‘sha paytda Diash Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasiga qarshi o‘yinni stadionda tomosha qilayotgan bo‘lgan. Futbolchi jarohat sabab ushbu uchrashuvda ishtirok etmagan.
Shu vaqtda uning qizi Maya Jama esa Janubiy Afrika Respublikasida realiti-shou suratga olish jarayonlarida bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari uyga begona shaxslar kirib, bir qator buyumlarni olib ketganini aniqladi.
Britaniya matbuotining yozishicha, o‘g‘irlik davomida qimmatbaho taqinchoqlar, elektron uskunalar, kiyim-kechak va boshqa qimmatli ashyolar olib ketilgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Diash joriy mavsumda "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar