"Manchester Siti" hujumchi bilan xayrlashdi

  • 07.09.2026 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

19 yoshli hujumchi Mahamad Sangare endi «Manchester Siti» sharafini himoya qilmaydi. Yosh va istiqbolli futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sangarening yangi jamoasi «Al-Qodisiyа» bo‘ldi. Tomonlar o‘rta muddatli shartnoma imzoladi, kelishuv 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, forvard 2025 yil yozida PSJ tarkibidan «Manchester Siti»ga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U asosiy jamoa safida biror rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurmadi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni chempionatida besh turdan so‘ng «Al-Qodisiyа» 12 ochko jamg‘argan. Jamoa hozircha turnir jadvalidа uchinchi o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!