"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o'tishi mumkin!

  • 16.01.2026 15:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Omar Marmush yanvar oyida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. "TEAMtalk" nashri ma'lumotlariga koʻra, "Tottenxem" futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Jamoalar oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Futbolchining oʻzi ham "shaharliklar"ni tark etishga tayyor. Marmush 2025 yil yanvar oyida "Ayntrax"dan 75 million yevro evaziga Manchester klubiga oʻtgan edi.

26 yoshli hujumchi "koʻklar" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Ushbu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 15 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!