
“Manchester Siti” Husanovdan keyin yana bir transferni uddaladi
“Manchester Siti” qishki transferlar davrida faollik ko‘rsatishda davom etadi. Klub mutasaddilari “Lans”dan olinayotgan Abduqodir Husanovning transferini ijobiy hal qilganidan keyin ikkinchi nishon – Umar Marmushga o‘tdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, misrlik forvard transferi bo‘yicha “Manchester Siti” va “Ayntraxt” o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi yakuniy bosqichda. Tomonlar kelishuvni yangi haftada imzolaydigan bo‘lyapti.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli to‘purar “shaharliklar” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan.
Xosep Gvardiola misrlik forvard yozda “Atletiko”ga o‘tib ketgan argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning o‘rnini to‘ldirishiga ishonmoqda.
Umar Marmushning o‘zi Bundesligada gol urishni davom ettiryapti. Chempionatning 16-turida uning yagona goli jamoasiga “Sankt-Pauli” ustidan g‘alaba keltirdi. 2025 yilda ilk to‘pini kiritgan hujumchi joriy chempionatdagi 16-o‘yinida gollari sonini 14 taga etkazib oldi. Uning hisobida sakkizta assist ham bor.
Fikrlar