“Manchester Siti” Husanovga darrov raqobatchi ham olib keladi

  • 12 yanvar, 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” o‘tgan yil oxiridagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni boshlab yubordi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” yanvar oyida uchta katta transferni maqsad qilgan va rejasini birin-ketin amalga oshirmoqda.

Xususan, 2025 yilning birinchi transferi “Lans” vakili Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Manchesterliklar o‘zbek futbolchisi transferini 50 million evroga hal qilganidan keyin “Ayntraxt” hujumchisi Umar Marmushga e’tibor qaratdi. Misrlik forvard masalasi ham tez kunlarda hal bo‘lishi oydinlashib qoldi.

Angliyaning amaldagi chempioni oy oxiriga qadar Abduqodir Husanovga raqobatchi olib keladi. Ayni paytda klub mutasaddilari “Palmeyras”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Vitor Reys transferi bo‘yicha ishlamoqda. Agar angliyaliklar Braziliya klubi bilan kelishuvga erishsa, Reys yozda Manchesterga ko‘chib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!