"Manchester Siti" Husanovga raqobatchi olib kelmoqchi

  • 16.03.2026 19:07
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" "Tottenxem" himoyachisi Pedro Porroni sotib olishi mumkin.

"Transfer News Live" nashri bergan xabarlarga koʻra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi Ispaniya terma jamoasi hamda Londonning "Tottenxem" klubi qanot himoyachisi Pedro Porroning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada yozilishicha, "shaharliklar" London klubi quyi Ligaga tushib ketgan taqdirda, ispan himoyachisini arzon narx evaziga sotib olishni rejalashtiryapti. "Manchester Siti" Porroni yaxshi tajribaga ega, ishonchli himoyachi sifatida koʻrmoqda. Mançesterliklarning oʻng qanotida Mateush Nuneş va Abduqodir Husanov harakat qilib kelmoqda. 26 yoshli Pedro joriy mavsumda umumiy 38ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda "Manchester Siti" Angliya Premier-ligasining 30-turidan soʻng, 61 ochko toʻplagan holda, ikkinchi pogʻonani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!