"Manchester Siti" jarohatlangan Rodri uchun dahshatli summa talab qilmoqda

  • 23.07.2026 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining kelajagi yana kun tartibiga chiqdi. Ispaniya matbuotiga ko‘ra, «Real» rahbariyati futbolchini sotib olish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan.

Biroq «Manchester Siti» o‘z yetakchilaridan birini arzonga qo‘ymoqchi emas. Frantsiya nashri L’Equipe xabariga ko‘ra, «shaharliklar» Rodri uchun 100 million yevro atrofida to‘lov talab qilmoqda.

Endilikda asosiy savol: «Real» bunday katta miqdorni to‘lashga tayormi? Qolaversa, Rodrining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, bu esa «Manchester Siti»ga muzokaralarda qo‘shimcha ustunlik beradi.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Rodri jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi. Finalda Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalardagi yagona gol evaziga Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!