
"Manchester Siti" Jezusning narxini e’lon qildi
"Manchester Siti" klubi rahbariyati hujumchi Gabriel Jezusning transfer narxini e’lon qildi.
The Sun nashrining xabar berishicha “shaharliklar” 22 yoshli braziliyalik futbolchini 115 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Ta’kidlash kerakki, ayni jamda Jezusga “Bavariya”, PSJ va “Real” Madrid klublaridan qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Jezusni 2017 yil “Palmeyras”dan 32 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 1 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar