"Manchester Siti" Mahrezga o‘rinbosar topdi

  • 2 avgust, 2023, 07:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Riyod Mahrezni "Al-Ahli"ga qo‘yib yuborganidan keyin, uning o‘rniga vinger qidirmoqda. Variantlar orasida "Kristal Pelas" a’zosi Eberechi Eze bor edi. Ammo boshqa futbolchilarni ham rahbariyat ko‘rib chiqmoqda. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, "Renn" vakili Jeremi Dokuga qiziqish bildirmoqda. Agarda tomonlar kelisha olsa, 21 yoshli vinger Manchester jamoasiga o‘tishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Doku o‘tgan mavsumda klubi tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi 4 ta asisst amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!