"Manchester Siti" mashhur himoyachisini "Yunayted"ga qo'yib yubormadi

  • 15.09.2026 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Ryan Ait-Nuriga «Manchester Yunayted» tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqida insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida «Manchester Yunayted» rahbariyati Ait-Nurini sotib olish imkoniyatini muhokama qilish uchun «Manchester Siti» bilan bog‘langan. 

Biroq «Yunayted»ning so‘rovi tezda rad etilgan. Sababi sifatida «Manchester Siti»ning printsipial raqibini kuchaytirishni istamagani ko‘rsatilmoqda.

25 yoshli Jazoir terma jamoasi a’zosi Ryan Ait-Nuri o‘tgan yil yozida «Manchester Siti»ga kelib qo‘shilgan. U klub bilan 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Himoyachining transfer bahosi hozirda taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!