“Manchester Siti” “Milan”ning iqtidorli futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Milan" darvozaboni Alessandro Longoni faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi. 18 yoshli futbolchi ingliz grandi bilan shartnoma tuzishga bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. Iqtidorli darvozabon, agar kutilmagan hodisalar yuz bermasa, erkin agent sifatida "shaharliklar" safiga qoʻshiladi.
Alessandro Longoni "rossoneri" bilan 30 iyunda tugaydigan mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. "Milan"da darvozabon yoshlar jamoasida va dublda oʻynadi, ammo asosiy tarkibda debut qilishga ulgurmadi.
"Manchester Siti" Premer-liganing oʻtgan oʻyinida ikkinchi oʻrinni egalladi. "Milan" A Seriyada beshinchi boʻldi.

Fikrlar