"Manchester Siti" mundial kagfiyoti bilan kelishuvga erishdi

  • 23.07.2026 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» «Lill» yarim himoyachisi Ayub Buaddi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Italiya nashrlarining yozishicha, angliyalik klub 19 yoshli marokashlik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida printsipial kelishuvga erishgan.

Endilikda eng asosiy masala – transfer uchun to‘lanadigan miqdor bo‘yicha klublar o‘rtasidagi muzokaralar. «Lill» prezidenti Olivye Letanning ta’kidlashicha, u Buaddi uchun 135 million evrodan ko‘proq mablag‘ olishni kutmoqda.

«Agar Andersonning «Manchester Siti»ga taxminan 157 million yevroga o‘tayotganini, Tonalining esa «Tottenxem»ga 135 million atrofidagi summaga transfer qilinganini ko‘rsam, ularning rivojlanish salohiyati Ayubnikidek emasligini inobatga olgan holda, o‘z futbolchim uchun o‘z bahom paydo bo‘ladi», – deya Letanning so‘zlarini keltiradi Onefootball.

O‘tgan mavsumda Buaddi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, bir bor golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!