“Manchester Siti” mundial kashfiyoti transferi ustida ishlayapti

  • 18.07.2026 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari tarkibni kuchaytirish maqsadida Fransiyaning “Lill” klubi yarim himoyachisi Ayub Buaddini oʻz safiga qoʻshib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

Bu yozda “shaharliklar” Elliot Andersonni “Nottingem Forest”dan 116 million funt sterling evaziga xarid qilish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.

Biroq bosh murabbiy Enco Mareskaga yana kamida bitta markaziy yarim himoyachi kerak boʻlmoqda. Buning asosiy sabablari Bernardu Silvaning ketishi va Rodri, Tijani Reynders hamda Niko Gonsalesning kelajagi borasidagi noaniqlikdir.

The Athletic nashri maʼlumotiga koʻra, “Manchester Siti” Buaddini kuzatayotgan klublardan biri emas, balki transferni amalga oshirish uchun faol muzokaralar olib borayotgan asosiy daʼvogarlardan hisoblanadi.

Marokash terma jamoasining 18 yoshli futbolchisi jahon chempionatida oʻzini juda yaxshi tomondan koʻrsatgan. “Lill” oʻzining yosh yulduzi uchun 100 million yevrogacha talab qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ayrim klublar futbolchini sotib olgandan keyin uni yana bir muddat “Lill”da qoldirib rivojlantirishni rejalashtirmoqda. “Manchester Siti” esa Buaddini darhol asosiy jamoaga integratsiya qilishni istayapti.

Futbolchi yaqin vaqt ichida oʻz kelajagi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!