
"Manchester Siti" muxlislari uchun ayanchli xabar! "Real"ga qarshi o‘yin oldidan ikki futbolchi jarohat oldi
Angliya terma jamoasi Braziliya va Belgiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazganidan xabaringiz bor. Ikkala bahsda ham "uch sherlar" g‘alaba qozona olmadi - Braziliyaga 0:1, Belgiya bilan esa 2:2 hisobida durang natija qayd etildi.
Ahamiyatlisi, mazkur bellashuvlarda "Manchester Siti" himoyachilari Jon Stounz va Kayl Uoker jarohat olib, maydonni erta tark etishdi. Oldinda ularning klubini Evropa chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Ularning qachon maydonga qaytishi tez orada tibbiy xulosalardan so‘ng ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, "Siti"ning "qirollik klubi"ga qarshi to‘qnashuvlari 6 va 13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar