"Manchester Siti"ning sentyabr oyidagi eng zo'r futbolchisi aniqlandi
U kim ekan?
«Manchester Siti» sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu unvonga jamoaning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Holand sazovor bo‘ldi.
Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berishda «shaharliklar» hujumchisi 44 foiz ovoz to‘plab, Mark Gexi va Elliot Andersonni ortda qoldirdi.
26 yoshli Holand joriy oyda barcha musobaqalar doirasida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi va beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Enzo Mareska boshqaruvidagi «Manchester Siti» hozircha Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hisobida 15 ochko mavjud.
Chempionatning oltinchi turida «shaharliklar» safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 11 oktyabr kuniga belgilangan.

Izohlar (0)