«Manchester Siti» Pavloviс uchun 100 million evro to‘lashga tayyor edi

  • 04.09.2026 15:48
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» mart oyidan beri «Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovichni diqqat markazida ushlab kelaotgan, uni jamoa markazini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida belgilagan edi. Angliya klubi 22 yoshli nemis futbolchisi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo o‘yinchi Premyer-ligaga o‘tish variantiga qiziqish bildirmagan.

 

Bahorga kelib, «Siti» rahbariyati Pep Gvardiola jamoani tark etishini, uning o‘rnini esa Enzo Mareska egalashini allaqachon bilib turgan. Yangi bosh murabbiy Pavlovichni shaxsan o‘zi ko‘ndirishga urinib, biroq bu sa’y-harakatlar samara bermadi. Nemis yarim himoyachisi transfer masalasini mutlaqo yopiq deb hisoblagani uchun, ingliz klubi rasmiy taklif yuborishga ham o‘tirmadi.

Shundan so‘ng «Manchester Siti» o‘tgan transfer oynasini markaziy zonada jiddiy qayta qurish bilan o‘tkazdi. Jamoani Rodri («Barselona»ga), Bernardu Silva (madridlik «Real»ga), Tidjani Reynders («Al-Qadsiya»ga) va Niko Gonsales («Nyukasl»ga) tark etdi. Uzoq vaqt davomida markaz uchun yagona yangi futbolchi sifatida «Nottingem Forest»dan 135 million yevro evaziga olib kelingan Elliot Andersongina qayd etilar edi. Ammo transfer oynasi yopilishidan oldin klub yana ikki yarim himoyachini qo‘shib oldi: «Lill»dan Ayub Buaddi 95 million yevro, «Chelsi»dan Enzo Fernandez esa 145 million yevro evaziga imzolandi. Shu tariqa, markaziy chiziqni kuchaytirish uchun jami 375 million yevro sarflandi.

 

Pavlovich «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Myunxenliklar safida 44 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va ikki golli uzatma berdi. Germaniya terma jamoasidagi debutini 2024 yil iyun oyida o‘tkazgan yarim himoyachi hozirgacha milliy jamoa safida 15 o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!