“Manchester Siti” qanday jazoga tortiladi?
The Athletic nashri ekspertlari «Manchester Siti» klubi moliyaviy qoidalarni buzgani uchun qanday jazoga tortilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Angliya Premier-ligasining moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor, deb topilgan. Klubga tanbeh berish, jarima solish, ochkolarini olib tashlash yoki Premier-ligadan chetlatish kabi jazolar qo‘llanishi mumkin.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti»dan ochkolar olib tashlanishi mumkin. Bu sanktsiya qaror qabul qilinganidan keyin kuchga kiradi. Ikkinchi holatda klubning avvalgi chempionlik unvonlaridan mahrum qilinishi ehtimoli ham paydo bo‘ladi.
Premier-liga qoidalarining W.51.7-bandiga ko‘ra, maxsus komissiya qoidalarda ko‘rsatilgan bir nechta jazo choralarini birgalikda qo‘llashi yoki zarur, deb hisoblagan boshqa sanktsiyalarni joriy etishi mumkin.
Birorq har qanday jazo aniqalangan qoidabuzarliklarga mutanosib bo‘lishi kerak. Aks holda, sanktsiya apellyatsiya jarayonida bekor qilinishi mumkin.

Fikrlar