
"Manchester Siti" Silva o‘rniga Iskoni olib kelmoqchi
“Manchester Siti” klubi rahbariyati yangi mavsum yakunlangach jamoadan ketishini ma’lum qilgan yarim himoyachi David Silva o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z jamoasida “Real” yarim himoyachisi Iskoni ko‘rmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis Iskoni ko‘pdan buyon kuzatib keladi va aynan uni Silvaning o‘rniga munosib deb hisoblaydi.
Ta’kidlash kerakki, Isko “qirollik klubi”da ancha vaqtdan buyon asosiy tarkibga kira olmayapti va shu boisdan u “shaharliklar”ning taklifini ko‘rib chiqishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Zinedi Zidan esa uni yangi mavsumda o‘z rejalariga kiritmoqda. Biroq, “Real” moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasligi uchun ayrim futbolilarini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Ular Iskoni 80 mln evroga baholashmoqda.
Fikrlar