"Manchester Siti" sport direktori EChL qur’a natijalariga o‘z munosabatini bildirdi
"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana Chempionlar ligasi guruh bosqichi qur’a natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Ko‘plab qiziqarli o‘yinlar bo‘ladi. Ijobiy tomoni shundaki, biz uzoq safarlarga chiqishdan saqlanib qoldik. Bu taqvimdagi o‘yinlar sonini hisobga olgan holda juda muhim. Sentyabrdan boshlab juda ko‘p o‘yinlar bo‘ladi - bu biz uchun jiddiy sinov, - deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "City Report".
Xosep Gvardiola jamoasi "Real", "Borussiya Dortmund", "Bayer", "Vilyarreal", "Napoli", "Bude-Glimt", "Galatasaroy" va "Monako" klublari bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida "shaharliklar" pley-offning dastlabki bosqichida "Real Madrid"ga mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar