“Manchester Siti” to‘rt nafar futbolchi ketganini tasdiqladi

  • 11.06.2026 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” 2025/2026 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha shartnomalari tugagan futbolchilar bilan bog‘liq masalalarni rasmiy yakunladi va bu orqali maoshlar jamg‘armasida sezilarli bo‘shliq hosil qildi.

Angliya Premier-ligasining rasmiy reestri klubning ikki zamonaviy afsonasi jamoani tark etayotganini tasdiqladi. Bu esa ichki musobaqalardagi tarixiy ustunlik davrining yakunlanishini anglatadi.

Asosiy tarkibdagi yuqori saviyali futbolchilardan tashqari, Manchesterni ikki nafar istiqbolli yosh futbolchi ham tark etishi kutilmoqda.

Ugu Viana va klub rahbariyati shartnomasi tugayotgan futbolchilar bilan hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqib, “Etihod Stedium”dan to‘rt nafar o‘yinchi ketishini ta’kidladi.

Premier-liga tasdig‘iga ko‘ra, “Manchester Siti” 2026 yil 30 iyunda shartnomasi tugaydigan Bernardu Silva va Jon Stounz bilan xayrlashish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni topshirdi.

Yoshlar jamoasidan esa, professional shartnomaga ega bo‘lgani qarama-y, Ezra Karrington va Eshton Myuir ham yozda klubni tark etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!