"Manchester Siti" ukrainalik himoyachiga qiziqish bildirmoqda

  • 19.05.2025 17:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ukraina terma jamoasi va "Bornmut" markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy boshqa bir ingliz klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda deadlinedaylive sahifasida xabar berildi.

Futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" Zabarniyni yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritmoqchi. Ehtimoliy kelishuv summasi taxminan 60 million evro deb baholanmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli himoyachi 34 ta o‘yinda maydonga tushdi, to‘rt marta sariq kartochka oldi va bir marta maydondan chetlatildi.

APL turnir jadvalida hozirda "Manchester Siti" 6-o‘rinda, "Bornmut" esa 11-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!