"Manchester Siti" "Vest Xem" yarim himoyachisi uchun yana kurashga qo‘shildi

  • 13 aprel, 2024, 10:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" o‘tgan yozgi transferlar oynasida "Vest Xem"dan Lukas Paketani sotib olishga harakat qilib ko‘rdi, lekin "bolg‘achilar" taklifni rad qilib, futbolchini olib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, "shaharliklar" yana braziliyalik uchun kurashga qo‘shildi. 

"The Athletic" nashri xabar berishicha, Paketaning tovon puli 1 iyundan 85 million funtga aylanadi. "Manchester Siti" unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘tgan safargi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin manchesterliklar yarim himoyachining agentlari bilan aloqalarni uzgani yo‘q. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham "Siti"ga o‘tishga rozi bo‘ladi, lekin u tarkibdagi o‘z o‘rnini kafolatlanishini ham ictaydi.

O‘tgan yozgi transferlar oynasida "Manchester Siti"ning ko‘plab o‘yinchilariga takliflar kelib tushdi. Qolganlar orasida Bernardu Silva va Kevin de Bryuynelarga bu safar ham qiziqishlar bo‘lishi aniq. Shu sababli, rahbariyat barchasiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ymoqchi. 

Lukas uchun mavsum ajoyib o‘tmoqda. U jamoasi tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!